Jizzaxlik yoshlar yetakchisi "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
2026-07-13 09:00:00 / Yangiliklar
Yoshlar siyosati samaradorligini oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalardagi faol va tashabbuskor faoliyati bilan namuna ko‘rsatib kelayotgan bir guruh yoshlar yetakchilari "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi, munosib e’tirofga sazovor bo‘lganlar orasida G‘allaorol tumani Mirzabuloq mahallasi yoshlar yetakchisi Elmuratov Oltinbek Ulug‘bek o‘g‘li ham bor.
Mazkur yuksak e’tirof uning yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini hal etish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahallada yoshlar siyosati samaradorligini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona mehnatining munosib bahosi bo‘ldi.
