Jizzax viloyatida ta’lim xizmatlari hajmi 279,9 mlrd so‘mni tashkil etdi
2026-07-13 08:35:00 / Yangiliklar
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 18,8 trln so‘mga yetdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21 foizga oshgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ta’lim xizmatlari tarkibida oliy ta’lim sohasi 44,7 foiz ulush bilan eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan.
Hududlar kesimida Jizzax viloyatida ta’lim xizmatlari hajmi 279,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Bu hududda ta’lim sohasini rivojlantirish, ta’lim muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi uchun sifatli ta’lim xizmatlari ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samarasini berayotganini ko‘rsatadi.
