🎥 Videoreportaj: Jizzax viloyati ichki ishlar organlarida “Yoshlar oyligi” tadbirlari o‘tkazildi
2026-07-13 08:10:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyati ichki ishlar organlarida “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Yoshlar oyligi” doirasida yosh xodimlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlar doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini hamda stol tennisi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, g‘olib jamoa va ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu kabi tadbirlar yosh xodimlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, jismoniy tayyorgarligini oshirish va jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling.
