Jizzaxda do‘stlik va birdamlik tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda
2026-07-10 13:30:00 / Yangiliklar
Ayni paytda 30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan "Bir yurt, bir taqdir, bir oila" hamda "35 yillik Mustaqillik — do‘stlik va birdamlik timsoli" shiorlari ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar boshlandi.

Mazkur tadbirlarda viloyatda istiqomat qilayotgan 15 ta turli millat vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbir dasturi avvalida Jizzax shahridagi Sharof Rashidov haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘ng ishtirokchilar Forish tumanining Uxum mahallasida tashkil etiladigan madaniy-ma’rifiy dasturlarda qatnashadilar. Dastur doirasida turli millat va elat vakillari ishtirokida konsert chiqishlari, hududning urf-odat va an’analarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar namoyishi hamda mahalliy aholi bilan samimiy muloqotlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Mazkur tadbirlar yurtimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.






