🎥 Videoreportaj: Do‘stlik tumanining fidoyi ayoli
2026-07-10 13:10:00 / Yangiliklar
Do‘stlik tumanining mehnatkash va fidoyi ayollaridan biri — Yulduz Xolmatova uzoq yillardan buyon qishloq xo‘jaligi sohasida samarali mehnat qilib kelmoqda.

U 1986 yildan boshlab mazkur sohada faoliyat yuritib, boy tajribasi va mehnatsevarligi bilan el-yurt e’tiborini qozondi. 1996 yilda esa Do‘stlik tumanida o‘zining “Yulduz” fermer xo‘jaligiga asos solib, dehqonchilik va fermerlikni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdi.
Ko‘p yillik halol mehnati, soha taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi hamda yuksak natijalari uchun Yulduz Xolmatova davlatimizning yuksak mukofotlaridan biri — “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.
📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling.
