Forish tuman tibbiyot birlashmasi xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi
2026-07-10 13:00:00 / Yangiliklar
Toshkent shahrida Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda YUNISEF xalqaro tashkiloti hamkorligida o‘tkazilgan o‘rganishlar yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda chaqaloqlarni ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash va go‘daklar salomatligini muhofaza qilish borasida yuqori natijalarga erishgan Forish tuman tibbiyot birlashmasi xalqaro darajadagi maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
Mazkur nufuzli sertifikat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
