Jizzaxlik talabalar xalqaro forumda qatnashmoqda
2026-07-10 09:00:00 / Yangiliklar
Ayni kunlarda Tataristonda joylashgan Qozon federal universitetida dunyoning 25 mamlakatidan kelgan yoshlar ishtirokida "Yozgi universitet" ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur loyihada hamurtlarimiz ham faollik ko‘rsatmoqda.
Yurtimizdan borgan delegatsiya zamonaviy simulyatsiya markazlarida jahon darajasidagi jarrohlar bilan amaliyot o‘tashmoqda va astrofizika sirlarini o‘rganishmoqda.
Shuningdek, sun’iy intellekt, raqamli mahsulotlar va biotibbiyot kabi sohalarda tajriba orttirishmoqda.
