Jizzaxda fermerlar uchun imtiyozli moliyalashtirish imkoniyatlari taqdim etildi
2026-07-09 12:00:00 / Yangiliklar

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad fermer va chorvachilik subyektlarining imtiyozli kredit hamda grant mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni zamonaviy moliyaviy mexanizmlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Seminar davomida ishtirokchilar imtiyozli kredit va grantlarni jalb qilish tartibi, loyihalarni moliyalashtirish shartlari hamda ariza hujjatlarini to‘g‘ri tayyorlash bo‘yicha atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, loyiha doirasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan fermerlarning amaliy tajribalari muhokama qilinib, ish jarayonida uchragan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbirning amaliy qismida qatnashchilar o‘z biznes loyihalarini bank mutaxassislari va ekspertlarga taqdim etib, ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish, moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar oldilar.
Seminar fermerlar, bank tizimi va sohaviy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda chorvachilik sohasida istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.
