🎥 Videoreportaj: Aydarko‘l sohilida “Jizzakh Open Air” xalqaro turizm festivali yuqori saviyada o‘tkazildi
2026-07-08 10:00:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyatining Arnasoy tumanidagi Aydarko‘l sohilida “Jizzakh Open Air” xalqaro turizm festivali bo‘lib o‘tdi. Ikki kun davom etgan nufuzli tadbirda 100 mingdan ortiq mahalliy va xorijiy mehmonlar ishtirok etdi.

Festival doirasida milliy madaniyat, hunarmandchilik, gastronomiya va sport tadbirlari keng namoyish etildi. Bu esa Jizzax viloyatining turizm salohiyatini targ‘ib qilish va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling.
