Manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlanmaganligi haqida ma’lumotnoma
2026-06-30 08:00:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyati, shahar va tumanlar hokimliklarida O‘zbekiston Respublikasi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunining 13-20-moddalari talablariga muvofiq, hokimlik tizimida ishlovchi xodimlarda manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va bartaraf etish maqsadida 2026-yilning 1-choragi davomida yillik deklaratsiya o‘tkazildi.

Xodimlar tomonidan taqdim etilgan yillik va ishga qabul qilinayotganda to‘ldirilgan ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalar umumlashtirilib, tahlil qilinganda manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlanmadi.
Viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat shu’basi
