Yoshlar yerdan unumli foydalanmoqda
2026-06-23 10:20:00 / Yangiliklar

Mahalla yoshlari biri Bozorboyev Alijon o‘tgan yili viloyat hokimining tavsiyasi asosida 1 gektar yer maydoniga arpa ekib, mo‘l hosil yetishtirdi. Natijada arpa hosilidan qariyb 20 million so‘m daromad olindi.
Hosil yig‘ib olingach, yer maydonidan takroriy ekin sifatida foydalanish maqsadida mosh ekildi. Ayni paytda mosh nihollari unib chiqqan bo‘lib, parvarishlash ishlari agrotexnik talablar asosida olib borilmoqda. Kutilayotgan hosildan qo‘shimcha 20–25 million so‘m daromad olish rejalashtirilgan.
Mazkur natijalar yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning tadbirkorlik va dehqonchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy ifodasidir. Yoshlar tomonidan yer maydonlaridan oqilona va samarali foydalanilishi nafaqat oilaviy daromadlarni oshirishga, balki hududda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini ko‘paytirishga ham xizmat qilmoqda.
Bozorboyev Alijon davlatimiz tomonidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida ham yerdan samarali foydalanib, yuqori hosildorlikka erishish yo‘lida faoliyatini davom ettirishini ta’kidladi.
