Jizzax viloyatida qurilish sohasi izchil rivojlanmoqda
2026-06-17 08:50:00 / Yangiliklar

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 3,1 mingtaga oshgani sohadagi barqaror o‘sish sur’atlarini namoyon etmoqda.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Jizzax viloyatida qurilish sohasida 1 ming 237 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatayotgani qayd etilgan.
So‘nggi yillarda viloyatda aholi uchun zamonaviy turar-joylar barpo etish, ijtimoiy soha obyektlarini qurish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash hamda yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar sonining ortishiga, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga hamda hudud iqtisodiy salohiyatining mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.
Mutaxassislar fikricha, qurilish tarmog‘idagi faollikning oshishi viloyatda investitsiya muhitini yaxshilash, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va aholi farovonligini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
