Jizzaxda “Yangi Oʻzbekistonni yoshlar quradi” shiori ostida yugurish marafoni o‘tkazildi
2026-06-16 10:00:00 / Yangiliklar
Bugun erta tongdan markaziy ko‘chalar bo‘ylab “Yangi Oʻzbekistonni yoshlar quradi” shiori ostida yugurish marafoni tashkil etildi.

Mazkur marafonda faol yoshlar, sport ixlosmandlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Marafon davomida ishtirokchilar yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda belgilangan masofani bosib o‘tib, jismoniy faollik va birdamlik namunasini namoyish etdilar.






