Zomin tumanida “Zaamin Ultra” xalqaro yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi
2026-06-15 10:00:00 / Yangiliklar

Mazkur marafonda dunyoning 20 dan ortiq davlatlaridan hamda respublikamizning barcha viloyatlaridan 4500 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Marafon davomida ishtirokchilar 50 kilometr, 21 kilometr, 10 kilometr va 5 kilometrlik masofani birinchilardan bo‘lib bosib o‘tish uchun o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chidamliligi va matonatini sinovdan o‘tkazdilar.
Barcha ishtirokchilar marafonda faol ishtirok etib, belgilangan masofalarni o'zlarining sabri, matonati jismoniy imkoniyatlariga ko'ra bosib o‘tdilar.
“Zaamin Ultra” sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda sog‘lom hayotga bo‘lgan mas’uliyatni his etish borasida o‘ziga xos namuna ko‘rsata oladigan xalqaro miqyosdagi nufuzli marafonga aylanib bormoqda.








