Videoreportaj: Zarbdor tumanida pilla terimi mavsumi boshlandi
2026-05-14 08:35:00 / Yangiliklar
Zarbdor tumanida joriy yilgi pilla terimi mavsumiga rasman start berildi. Dastlabki terim ishlari Taraqqiyot mahallasidagi xonadonlarda tashkil etildi.

Mavsumning ilk kunlaridanoq mahalla aholisi, ayniqsa xotin-qizlar faol ishtirok etib, uyushqoqlik va hamjihatlik namunalarini ko‘rsatmoqda. Xonadonlarda parvarish qilingan ipak qurtlaridan sifatli pilla yetishtirilmoqda.
Tumanda jami 2 202 quti ipak qurti parvarishlanib, joriy mavsumda 182 tonna pilla yetishtirish rejalashtirilgan.
Hozirda ipak qurtlari 16 ta markazlashgan pillaxona va 410 ta xonadonda parvarish qilinmoqda.
📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling.
