Videoreportaj: Mirzacho‘lda pillachilikda dastlabki yuqori natijalar qayd etilmoqda
2026-05-13 09:10:00 / Yangiliklar
Mirzacho‘l tumani “Mirzadala” mahallasidagi markazlashgan qurthonada 20 nafar kasanachi xotin-qiz tomonidan 20 quti ipak qurti parvarishlanib, 2026-yil pilla hosili uchun belgilangan 1 tonna pilla xomashyosi rejasi viloyatda birinchilardan bo‘lib bajarildi.

11-may holatiga ko‘ra, 1 tonna 70 kilogramm pilla topshirilib, reja 107 foizga bajarildi. Har bir qutidan o‘rtacha 53,5 kilogrammdan hosil olindi.
Tadbirda pillachilik sohasini rivojlantirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularning daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, “RAMIZA SILK” MCHJ tomonidan kasanachi xotin-qizlarga har bir kilogramm pilla uchun 60 ming so‘mdan naqd pul va atlas matolari topshirildi. Mirzacho‘l tumani hokimi tomonidan esa pillakor xotin-qizlar uchun sayohat tashkil etilishi ma’lum qilindi.
📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling.
