Jizzax shahrida markaziy ichimlik suvi tarmoqlari bosqichma-bosqich yangilanmoqda
2026-03-28 09:30:00 / Yangiliklar
Jizzax shahrida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

“O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida foydalanish muddati o‘tgan 27,4 km hamda 12,5 km uzunlikdagi magistral ichimlik suvi tarmoqlari Turkiyaning “Faysel” kompaniyasi tomonidan bosqichma-bosqich yangilanmoqda.
Bugungi kunga qadar qariyb 26,5 km markaziy tarmoqlar yangidan yotqizildi. Qurilish-montaj ishlari belgilangan jadval asosida izchil davom ettirilmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, loyiha to‘liq yakunlangach, 150 ming nafar aholi toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
Shu bilan birga, tizimdagi mavjud yo‘qotishlar keskin kamayadi.
