Jizzaxda Navro‘z sayillari keng nishonlanmoqda
2026-03-21 18:00:00 / Yangiliklar
Bugun yurtimiz bo‘ylab Navro‘z ayyomi keng nishonlanmoqda. Jizzax viloyatining asosiy bayram tantanalari “Yoshlar” shaharchasida o‘tkazilmoqda.

Hududda milliy o‘tovlar, hunarmandchilik ko‘rgazmalari va bahoriy taomlar namoyishi tashkil etildi.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev bayram sayli bilan tanishib, barchani bayram bilan tabrikladi.
Bayram dasturlari doirasida konsertlar, milliy sport o‘yinlari va xalq sayillari o‘tkazilmoqda.









