Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo ‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot
2026-03-05 08:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 2024 yil 14 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 iyundagi PQ-210-sonli qarori ijrosi haqida”gi 379-3-0-Q/24-sonli qarori tasdiqlangan.
Manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlari bo‘yicha xabar berish mumkin bo‘lgan aloqa kanallari Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi aloqa kanali (https://www .facebook .com/jizzaxviloyathokimligi), Telegram massenjeridagi aloqa kanali (@Viloyat_hokimiga_murojaat), ishonch telefoni(+998722220695), Rasmiy veb-saytdagi aloqa kanali (https://jizzax. uz/korrupsiya/), Elektron pochta manzili (Jiz/korrupsiya@ exat/uz) aloqa kanallari yo‘lga qo‘yilib, viloyat hokimligi rasmiy veb-saytiga joylashtirilib, kelib tushgan murojaatlarni korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi xodimi tomonidan qabul qilinishi, dastlabki tekshiruvdan o‘tkazilishi, manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi xabarlarni qabul qilish reestrini yuritilishi va murojaatlarni ro‘yxatga olish, xabar beruvchining anonimligini ta’minlash tartibi joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq viloyat hokimligi , shahar va tumanlar hokimliklari xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha taqdim qilingan yillik deklaratsiya va ishga qabul qilishda taqdim qilingan deklaratsiya arizalari tahlil qilinib , manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlanmadi.
Viloyat hokimligi Korrupsiyaga
qarshi ichki nazorat shu’basi
