G‘allaorol tumani hokimligida korrupsiyaga qarshi tadbir o‘tkazildi
2026-03-05 08:00:00 / Yangiliklar

Unda hokimlik xodimlarni 2026-yilda etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilib, korrupsiyaga murosasizlik, unga qarshi kurashish va bunday holatlarning oldini olish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
Seminarda ishtirokchilarga davlat organlari, jumladan mahalliy hokimiyat organlarida ayrim mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoiy xatti-harakatlar, mansab vakolatini suiste’mol qilish bilan bog‘liq salbiy holatlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda korrupsiya illatini yo‘qotish yo‘nalishi yuzasidan tushunchalar berildi.
Viloyat hokimligi Korrupsiyaga
qarshi ichki nazorat shu’basi
