“Yangi Jizzax” – bu shunchaki qurilish maydoni emas
2026-02-25 09:00:00 / Yangiliklar

Shu asosda 2026-yil 30-yanvarda Prezidentning “2026–2027 yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–35-sonli qarori qabul qilinib, aniq “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani tutash hududda 40 gektar maydonda “Yangi Jizzax” shaharchasi barpo etiladi. Loyiha doirasida 50 ta ko‘p qavatli uy (1200 xonadon), 1680 o‘rinli maktab, 200 qatnovli poliklinika, 280 o‘rinli MTT va 21 ta davlat idorasi uchun yagona ma’muriy bino quriladi. Shuningdek, 10 km aylanma yo‘l va yagona jamoat transporti tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida “D-052” Dashtobod–Zomin–Baxmal–G‘allaorol avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish uchun Islom taraqqiyot banki mablag‘lari jalb etilmoqda. Jami 143 km hududiy va 30 km mahalliy yo‘llar ta’mirlanadi. Shu bilan birga, D-048 va D-051 yo‘llarining ayrim qismlari qayta qurilib, shaharda tirbandliklarni kamaytirish uchun 10 km aylanma yo‘l barpo etiladi.
Ijtimoiy soha ham e’tibordan chetda emas. Jahon banki ishtirokida Sharof Rashidov tumanidagi 9 ta mahallada maktab, MTT, tibbiyot muassasalari, ichki yo‘llar, suv va elektr tarmoqlari yangilanadi.
Shuningdek, Jizzax shahrida oqova suv tozalash inshootining quvvati 30 ming m³ dan 80 ming m³ ga oshiriladi. “Jizzax” EIZ hududida esa 10 ming m³ quvvatli kimoviy oqova suv tozalash inshooti qurilib, sanoat korxonalari faoliyati kengaytiriladi.
Umuman, “Yangi Jizzax” va infratuzilma loyihalari viloyatni zamonaviy aglomeratsiyaga aylantirish, investitsiya va ish o‘rinlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi.
