Ochiqlik sohasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar
2025-12-15 08:00:00 / Yangiliklar

Mazkur takliflar davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida axborotlarning o‘z vaqtida va to‘liq e’lon qilinishi, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda aholi bilan ochiq muloqot mexanizmlarini rivojlantirishga qaratilgan.
Jumladan, takliflar doirasida:
ochiq ma’lumotlarni muntazam e’lon qilib borish amaliyotini kengaytirish;
jamoatchilik muhokamalari va ochiq muloqotlar o‘tkazish;
rasmiy veb-saytlar va elektron platformalar orqali axborot taqdim etish sifatini oshirish;
amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha davriy hisobotlar e’lon qilish;
ochiqlik indikatorlari asosida monitoring tizimini joriy etish kabi yo‘nalishlar belgilangan.
Ishlab chiqilgan takliflar belgilangan tartibda jamoatchilikka e’lon qilinib, ular yuzasidan fikr va mulohazalarni qabul qilish ishlari tashkil etilmoqda.
Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan mazkur chora-tadbirlar davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, aholi ishonchini mustahkamlash hamda jamoatchilik ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.
