Videoreportaj: Jizzaxda chorvachilikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi
2026-02-05 15:30:00 / Yangiliklar

Anjumanda chorvachilik tarmog‘ini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish, mahsulot hajmini oshirish va ilg‘or tajribalarni joriy etish borasidagi ishlar muhokama qilindi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyevning sohani qo‘llab-quvvatlash va barqaror rivojlantirish tashabbuslari alohida ta’kidlandi.
Tadbirda xorijiy investitsiyalar va loyihalarning ahamiyati, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahsulot eksport salohiyatini kengaytirish va fermerlar uchun zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish imkoniyati qayd etildi. Ishtirokchilar kelgusida sohani rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish va investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha fikr almashdilar.
Anjuman ishtirokchilari shuningdek Sharof Rashidov tumanidagi “Chaqmoq” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdi. Ushbu fermer xo‘jaligi chorvachilikda ilg‘or texnologiyalarni joriy etishda namuna hisoblanadi.
Chorvachilikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki yangi ish o‘rinlari yaratish va hududlarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
📹 Batafsil videolavhada.





