Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
2026-05-27 09:35:00 / Yangiliklar

Sizlarni ulug‘ va qadrli bayram — Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.
Asrlar davomida xalqimizning ezgu qadriyatlarini o‘zida mujassam etib kelayotgan ushbu muborak ayyom mehr-oqibat, saxovat, bag‘rikenglik va insonparvarlik kabi olijanob fazilatlarni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Qurbon hayiti kunlarida yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, xalqimizning o‘zaro hurmat va hamjihatligi har bir xonadonga fayz-u baraka olib kirayotganidan barchamiz mamnunmiz.
Ushbu qutlug‘ bayram munosabati bilan har bir oilaga sihat-salomatlik, xonadonlarga qut-baraka, dasturxonlarga to‘kinlik hamda ezgu ishlaringizga muvaffaqiyat tilaymiz.
Hurmat bilan,
Gurlan tumani hokimligi
