Xorazm viloyatida ehtiyojmand oilalarga 5 mlrd so‘mlik moddiy yordam tarqatildi!
2026-05-27 13:25:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida Xorazm viloyatida ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash, og‘ir xastalikka chalingan bemorlarni davolash hamda masjid va qabristonlarni obod qilish tadbirlari doirasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
✅ Jami 5 mlrd so‘mga yaqin oziq-ovqat paketlari 11 896 ta ehtiyojmand oilalarga tarqatildi.
✅ Tibbiy ko‘mak yo‘nalishida:
— 200 ta bolalar jarrohlik amaliyoti bo‘yicha vaucher;
— 14 ta onkologik, gematologik va onkogematologik kasalliklarni davolash bo‘yicha vaucher tarqatildi.
✅ Shuningdek, hududlarda xayriya hasharlari tashkil qilinib:
— 98 ta masjid,
— 31 ta ziyoratgoh,
— 580 ta qabriston qamrab olindi.
Qurbon hayiti arafasida aholini qo‘llab-quvvatlash va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
