Urush faxriylari doim e’tibor va e’zozda
2026-05-08 11:35:00 / Yangiliklar

Gurlan tumani “Nurobod” mahallasida istiqomat qiluvchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 107 yoshni qarshilagan Bobojon ota Madaminov xonadoniga Xorazm viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abdumajid Shermuxamedov, tuman hokimi Ruslan O‘razbayev hamda keng jamoatchilik vakillari tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida Prezidentimizning Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 81 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush faxriylariga yo‘llagan tabrigi yetkazildi. Shuningdek, Bobojon ota Madaminovga 30 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati




