Xotin-qizlar bandligi va ijtimoiy masalalar muhokama markazida
2026-05-05 17:50:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nigora Qutlimuratova hamda AT Xalq banki Xorazm viloyati mintaqaviy ayollar va oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshlig‘i o‘rinbosari Iqbol Matniyozova ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot davomida PQ-1 qaror va PF-33-sonli farmon ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Xususan, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, oilalarda ajrimlarning oldini olish, erta nikoh holatlariga barham berish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan mavjud muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


