Gurlan tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Kim Timurning murojaati
2026-03-19 18:35:00 / Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ'ibot materiallari

Hurmatli hamkasblar, aziz yurtdoshlar!
Davlatimiz rahbari tomonidan tibbiyot sohasini tubdan isloh qilish, aholiga zamonaviy va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Islohotlar samaradorligini ta’minlash uchun korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini ham kuchaytirish zarur.
Gurlan tumani tibbiyot birlashmasida korrupsiyaga nisbatan “murosasiz munosabat” tamoyili asosida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz — tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida qonuniylik, adolat, shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, har bir fuqaroning tibbiy yordam olish huquqini himoya qilishdan iborat. Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini ta’minlash maqsadida shaffoqlik va ochiqlik ta’minlanmoqda, manffatlar to‘qnashuvining oldi olinmoqda, jamoatchilik nazorati kuchaytirilmoqda.
Hurmatli tibbiyot xodimlari! Sizlar jamiyatda eng mas’uliyatli va sharafli kasb egalarisiz. Shu bois sizlarni Gippokrat qasamyodiga sodiq qolgan holda, yuksak ma’naviyat, halollik va fidoyilik bilan xizmat qilishga chaqiraman. Chunki xalq ishonchi — shifokor uchun eng katta boylik va eng yuksak e’tirofdir.
Aziz tumanimiz ahli! Agar tibbiyot muassasalarida korrupsiya holatlari, ta’magirlik yoki xizmat vazifasini suiiste’mol qilish holatlariga duch kelsangiz, bunday holatlarga befarq bo‘lmang. “Ishonch qutilari”, shuningdek 1203, 1103 ishonch telefonlari yoki @XorazmSSB_antikorrupsiya_Bot telegram boti orqali murojaat qilishingizni so‘rayman. Ishonamanki, davlat organlari, tibbiyot xodimlari va fuqarolarning hamkorligi orqali sohamizda qonuniylik va adolatni ta’minlab, tibbiyot tizimini har qanday illatlardan xoli, shaffof va samarali tizimga aylantiramiz.
T.KIM,
Gurlan tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i.
