Buxoro viloyati FVB tomonidan hududdagi buyum bozorida tungi maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
2025-11-06 13:05:00 / Yangiliklar

Respublikamiz bo‘ylab joriy yilning 1-noyabrdan - 30 - noyabrga qadar yurtimizda "Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi" oyligi o'tkazilmoqda. Oylik davomida Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida hududdagi "Karvon" buyum bozorida tungi vaqtda shartli sodir bo‘lgan yong‘in oqibatlari bartaraf etildi. Shuningdek, tezkor xizmat xodimlarining hamkorlikdagi harakatlari baholandi.





