Sirdaryo va Surxondaryo viloyati FVB tomonidan keng qamrovli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda
2025-11-05 17:30:00 / Yangiliklar

Tadbirlarda soha xodimlari qish mavsumini betalafot o‘tkazish yuzasidan "Mahallabay va xonadonbay" tamoyili asosida kuchaytirilgan tartibda profilaktik tadbirlarni amalga oshirmoqda. Unda, mavsum doirasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, is gazidan zaharlanish, yong‘in va gaz-havo aralashmasi chaqnashi, botulizm bilan kasallanish hodisalarining oldini olish yuzasidan fuqarolarga tushuntirishlar berilmoqda.



