Andijon viloyati FVB tomonidan tungi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
2025-11-05 17:10:00 / Yangiliklar

Ushbu tadbirlar tunda insonlar qoladigan maskanlar, kommunal soha obyektlari, ijtimoiy muassasalarda o‘tkazilib, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, elektr va gaz tarmoqlarining texnik holati, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillar o‘rganilmoqda.
Shuningdek, profilaktik nazorat jarayonida obyekt ma’sullariga amaldagi qonunchilik va xavfsizlik qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilmoqda.



