Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan daxldor tashkilotlar hamkorligida o‘quv mashqi o‘tkazildi
2025-10-31 15:45:00 / Yangiliklar
Mashq "Temiryo‘l stansiyasida kuchli taʼsir etuvchi zaharli modda tashiydigan sisternadan sizib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish" mavzusida tashkil etilgan bo‘lib, unda temiryo‘l stansiyasida shartli ravishda xlor moddasini tashuvchi sig‘imda avariya sodir bo‘lganda, Toshkent mintaqaviy temiryo‘l uzeli fuqaro muhofazasi tuzilmalari va qutqaruvchilarning sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlari sinovdan o‘tkazildi.
