FVV Markaziy apparatida “Favqulodda vaziyatlar organlari kuni”ni belgilash yuzasidan muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2025-10-31 10:25:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida” 2025-yil 20-oktyabrdagi PF-185-son Farmoni bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar dasturida “Favqulodda vaziyatlar organlari kuni”ni belgilash toʻgʻrisida Qonun loyhasi va unga doir hujjatlar ishlab chiqish belgilangan.

Shu maqsadda FVV Markaziy apparatida masʼul rahbarlar va tizim faxriylari ishtirokida muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Jarayonda ishchi guruh tomonidan ushbu masala yuzasidan taqdimotlar oʻtkazildi. Shundan soʻng, yigʻilish ishitrokchilari hamda faxriylar bir-ma bir oʻz fikr mulohazalarini bildirdilar.
Yakunda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida, 4 – martni “Favqulodda vaziyatlar organlari xodimlari kuni” sifatida belgilash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qonun loyhasi va unga doir barcha hujjatlar toʻliq shakllantirilishi boʻyicha qaror qabul qilindi.






