Buxoro viloyati FVB xodimlari tomonidan “Mahallabay va xonadonbay” tamoyili asosida ko‘rgazmali profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
2025-10-23 09:50:00 / Yangiliklar

Tadbirlar davomida mutaxassislar kuz-qish mavsumida isitish asboblaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar va tavsiyalar berdilar.
Is gazidan zaharlanish, elektr jihozlaridan noto‘g‘ri foydalanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rgazmali materiallar orqali ma’lumotlar yetkazildi.




