Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor B.B.Kudratxodjayev boshchiligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari davom etmoqda
2025-10-22 17:40:00 / Yangiliklar
O‘quv mashg‘ulotlarining ikkinchi kunida tezkor xizmatlar kuch va vositalari yirik energetika hamda sanoat obyektlarida shartli yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar sharoitlarida harakat qilish bo‘yicha amaliy mashqlarni bajardilar. Belgilangan vazifalar barcha xizmatlar tomonidan munosib darajada bajarildi.
