"Vatan tayanchi" harakati a'zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-10-17 19:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi boshchiligida Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar rahbariyati ishtirokida "Yangi O‘zbekiston yoshlari – kelajak bunyodkorlari" shiori ostida Toshkent shahridagi "Vatan tayanchi" harakati a'zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, fidoyilik va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni yurt ravnaqi yo‘lida faol bo‘lishga da’vat etish bilan birga, kelajakda “Vatan tayanchi” harakati a’zolariga yaratiladigan imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.






