"Jonajon o‘zbek tilim" tanlovi g‘oliblari aniqlandi
2025-10-17 11:10:00 / Yangiliklar

Kuni kecha, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi hamda o‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan "Jonajon o‘zbek tilim" tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda, Favqulodda vaziyatlar vazirining maslahatchisi Erkaboyev Nosirxon Nabiyevich Davlat tili bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan "Eng yaxshi material" nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.


