Andijon tumanida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda
2025-10-16 14:10:00 / Yangiliklar
Andijon viloyati hududida joylashgan sanoat korxonasida “Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatni oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha obyekt tuzilmalari hamda tuman FVDqT mas’ul xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Mazkur mashqning asosiy maqsadi — korxona va tashkilotlarda yong‘in xavfsizligi madaniyatini oshirish, texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, shuningdek, tegishli xizmatlarning o‘zaro hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.
O‘quv mashqi jarayonida shartli ravishda zilzila va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga keltirilib, qutqaruv va boshqa amaliy harakatlar bajarildi.
