FVV Akademiyasida "Kuz–qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishning ilmiy asoslangan yechimlari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi
2025-10-11 11:25:00 / Yangiliklar

Tadbirda iqlim o‘zgarishi sharoitida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, isitish tizimlari va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, aholining yong‘indan ogohlik madaniyatini oshirish hamda kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini yanada samarali tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi va Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Yakunda ilmiy ma’ruzalar tinglanib, ilg‘or tajribalar almashildi hamda xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlarni milliy amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. Anjumanning faol ishtirochilariga Akademiya rahbarining tashakkurnoma va sertifikatlari topshirildi.




