Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida jurnalist va blogerlar uchun PRESS-TUR tashkil etildi
2025-10-10 11:15:00 / Yangiliklar
Unda, ishtirokchilar soha mutaxassislaridan barcha zarur ma'lumotlarni oldilar

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida "Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda energiya resurslaridan xavfsiz foydalanish" mavzusida jurnalist va blogerlar uchun PRESS-TUR tashkil etildi.
Tadbirda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish shuningdek, aholi yashash xonadonlarida sifat sertifikatiga ega bo‘lgan gorelkalardan foydalanish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish borasida ishtirokchilarga tushunchalar berildi. Ushbu jarayon OAV va blogerlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilib, aholining keng qatlamiga yetkazildi. Bu kabi tadbirlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga xizmat qiladi.




