Sayyor qabul — mavjud muammolarga ijobiy yechim
2025-10-09 16:30:00 / Yangiliklar
Bugun, 9-oktyabr kuni Jizzax Harbiy prokurori, Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i hamda bir qator idora va tashkilotlar mas’ullari tomonidan Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida joylashgan Madaniyat saroyida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi

Unda, Jizzax viloyati FVB tizimida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar, xizmatchilar, ularning oila a’zolari va tuman aholisining turli yo‘nalishlardagi 30 dan ortiq murojaatlari tinglandi va bayon etilgan 14 ta murojaatlar yuzasidan qonuniy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 5 murojaat ijobiy hal etildi, shuningdek, 11 ta murojaatlar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, tegishliligi bo‘yicha tashkilot va idoralarga yo‘naltirildi.
Asosiy e’tibor murojaatlarni o‘z vaqtida hal etishga qaratilib, mutasaddilarga vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.






