FVV Markaziy apparati mas'ul xodimlari tomonidan "Yongʻindan ogohlik" umummilliy kampaniyasi oyligi doirasida amaliy ko'rgazmali mashg'ulot o'tkazildi
2025-10-08 16:20:00 / Yangiliklar

Dastlab, FVV mas'uli korxona ishchi-xizmatchilariga bugungi kunda Respublikamiz hududida ro'y berayotgan favqulodda vaziyatlar, ularning oqibatlari va sabablari hamda vaziyat sodir bo'lganda qanday harakat qilish bo'yicha tushunchalar berib o'tdi. Shundan so'ng, tezkor xizmatlar ishtirokida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi. Unda, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, yong‘inni o‘chirish, xavfsiz evakuatsiya qilish kabi amaliy harakatlar bajarildi. Tadbir yakunida xizmatlarning harakatlari tahlil qilib, ularga zaruriy tushunchalar berildi.




