Jizzax shahrida talabalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
2025-10-08 10:50:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Jizzax davlat pedagogika universitetida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Unda, talabalarning turar joylarida kuz-qish mavsumi davomida xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha nazorat va tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, xavfsizlik qoidalari aks ettirilgan eslatmalar tarqatildi.
Mazkur tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - talabalarning hayoti va salomatligini asrash, hamda turar joylarida yong‘in va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olishdan iboratdir.





