Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashabbusi bilan "eNovation" loyihasi doirasida Xalqaro amaliy-seminar o‘tkazilmoqda. Unda, 20 dan ortiq davlatlaridan kelgan mutaxassislar ishtirok etmoqda
2025-10-07 18:35:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston "Kimyoviy, biologik, radiologik, yadroviy va portlash xavfiga ega moddalar xavfsizligi sohasidagi innovatsiyalar boʻyicha oʻquv markazlarining kengaytirilgan tarmogʻi" loyihasi doirasida hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan navbatdagi seminarga mezbonlik qilmoqda.
Ushbu tadbir doirasida olib borilayotgan barcha tadbirlar mamlakatlarimiz taraqqiyoti hamda mintaqaviy va global xavfsizlikni taʼminlash maqsadida yanada izchil rivojlanishga hamda har tomonlama strategik sherikchilik munosabatlar nufuzining yuksalishiga munosib hissa qoʻshadi. Mazkur tadbir 9-oktyabr kuniga qadar davom etishi belgilangan boʻlib, tadbir doirasida oʻquv amaliy mashgʻuloti oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.



