“Toʻmaris izdoshlari” tanlovi qizgʻin davom etmoqda
2025-10-07 13:55:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari polkovnik N.Kadirov “Toʻmaris izdoshlari” tanlovining respublika bosqichi oldidan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida harbiy xizmatchi xotin-qizlar ishtirokida oʻtkazilgan tantanali harbiy paradda ishtirok etdi.
Tadbirda kuch tuzilmalari safida xizmat qilayotgan, oʻz burchini sharaf bilan ado etayotgan jasoratli xotin-qizlar hamda harbiy orkestr jamoasi qatnashdi. Hozirda ishtirokchilar belgilangan shartlar boʻyicha bellashmoqda. Tanlov 9-oktyabr kuniga qadar davom etmoqda.
