O‘quv mashg‘uloti
2025-10-07 12:25:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyati FVB tomonidan "Yong‘indan ogohlik" umummilliy kampaniyasi oyligi doirasida avtomobillarga gaz taqsimlash shoxobchasida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

FVB boshchiligida o‘tkazilgan tadbirda tezkor xizmatlar tomonidan favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish shuningdek, yong‘inni bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, aholini xavfsiz evakuatsiya qilish, elektr va gaz tarmog‘ini o‘z vaqtida manbadan uzish kabi harakatlar bajarildi va sinovdan o‘tkazildi.





