Surxondaryo viloyati FVB "Yong‘indan ogohlik" umummilliy kampaniyasi oyligi doirasida faol ishtirok etmoqda
2025-10-06 11:55:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyati FVB tomonidan "Yong‘indan ogohlik" umummilliy kampaniyasi oyligi doirasida "Termiz iqtisodiyot va servis universiteti"da profilaktik tadbir tashkil etildi. Unda, soha xodimlari tomonidan universitetning talaba va ishchi-xodimlariga zilzila va boshqa favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish shuningdek, is gazidan zaharlanish va gaz-havo aralashmasi chaqnashi holatlarini oldini olish hamda botulizm kasalligi borasida tushuntirish ishlari olib borilib, eslatmalar tarqatildi.



