Qashqadaryo viloyati FVB tomonidan "Yong‘indan ogohlik" umummilliy kampaniyasi oyligi doirasida hududdagi "Qarshi davlat texnika universiteti"da tungi maxsus-taktik mashg‘ulot o‘tkazildi
2025-10-04 12:30:00 / Yangiliklar
Ushbu tungi mashg‘ulotda FVB xodimlari hamda obyektdagi ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinasi tomonidan aholini xavfsiz evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, yong‘inni o‘chirish kabi amaliy harakatlar bajarildi. Shuningdek, ta'lim muassasasidagi ishchi-xizmatchilar va talaba yoshlarga favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, amaliy harakatlar orqali bajarildi.
