"Yong‘indan ogohlik" umummilliy kampaniyasi oyligi Fuqaro muhofazasi instituti misolida
2025-10-02 16:25:00 / Yangiliklar

Tadbir Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Milliy tadqiqot universiteti talabalari bilan bo‘lib o‘tdi. Unda, Fuqaro muhofazasi instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan talaba yoshlarga favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va o‘t-o‘chirgichlardan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

