Tungi profilaktik tadbirlar tashkil etildi
2025-10-02 15:25:00 / Yangiliklar

FVV Markaziy apparati mas'ul xodimlari tomonidan "Yongʻindan ogohlik" umummilliy kampaniyasi oyligi doirasida tunda odamlar qoladigan maskanlarda shuningdek, talabalar yotoqxonalari, tibbiyot muassasalari va kommunal soha obyektlarida tungi vaqtda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash tadbirlari o‘tkazildi.
Unda, navbatchilikda qolgan mas'ullarga favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish, o‘t-o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq amal qilishlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, tunda qolgan mas'ullarning shayligi tekshirildi.






